Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 15 nafar bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi

Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 1 nafardan esa Payariq va Ishtixon tumanlaridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.
Viloyatda shu paytga qadar 129 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 144 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2156 nafarni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.