Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda gaz hisobi avtomatlashtirilgan tizimga o‘tadi

“Hududgaz Samarqand” mas’uliyati cheklangan jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda tabiiy gaz iste’molchilari soni 296 ming 12 taga yetdi.

Shundan, 289 ming 472 tasi aholi iste’molchilarini tashkil etadi. Ularning 225 ming 189 tasi hovli, 64 ming 283 tasi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi.

Ulgurji iste’molchilar 6 540 tani tashkil etadi.

Bugungi kunda 12 ming 978 ta gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari onlayn Billing dasturiga ulangan. 2021 yil yanvar-iyul oylarida 192 ming 487 ta gaz hisoblagich o‘rnatish rejalashtirilgan.

Samarqand shahrida tabiiy gaz iste’moli va qarzdorlik darajasi yuqori. Shu bois, hududdagi xonadonlarga 2021 yil 1 fevralga qadar 118 ming 329 ta gaz hisoblagich o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda Samarqand shahriga 8 ming 170 ta gaz hisoblagich o‘rnatilib, 5 ming 789 ta gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari onlayn Billing dasturiga kelib tushmoqda.

Viloyati bo‘yicha 50 dan ortiq gazpayvandlovchi va chilangarlar shartnoma asosi ishga olingan.