Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda hokimlik boshqaruv apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining bugun bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasida bu haqdagi viloyat hokimining qarori tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimining 2020 yil 10 martdagi qarori bilan hokimlikning huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha guruhining bir nafar bosh mutaxassis shtat birligi hisobidan yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri lavozimi joriy etilgan.

Shuningdek, hokimlik axborot-tahlil guruhining bir nafar yetakchi mutaxassis shtat birligi hisobidan viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilgan.