Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda mansabdor shaxslarning elektr jihozlarini xarid qilishdagi talon-torojliklari fosh etildi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 2017-2019 yillarda manzilli Dastur ijrosi yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga “O‘zelektroapparat-Elektroщit” AJ va “Toshelektroapparat” MChJdan elektrotexnik jihozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali maqbul (optimal) narxlarda sotib olishga ruxsat berilganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Biroq jamiyat mansabdor shaxslari elektrotexnik jihozlarni sotib olish haqida boshqa MChJlar bilan shartnomalar tuzib, 5,4 milliard so‘m byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, jamiyat mansabdorlari tomonidan “O‘zelektroapparat-Elektroщit” AJ va “Toshelektroapparat” MChJlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilingan transformator podstansiyalarining narxlariga nisbatan transformator podstansiyalarini 1,3 milliard so‘mga boshqa korxonadan qimmat narxda sotib olinib, davlat va jamoat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan "Samarqand HETK" AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.