Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda soliqchilarga SAYT dasturi yuklangan 180 ta “P2-SUNMI” qurilmasi tarqatildi

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida soliq tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, soliqlarni aqlli yig‘ish tizimi – SAYT dasturi yuklangan qurilmalar amaliyotga tatbiq qilingani fikrimizning yorqin tasdig‘idir.

Ushbu qurilma qanday afzalliklarga ega? Yurtdoshlarimiz soliqlarni hududlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar ixtiyoridagi SAYT dasturi yuklangan qurilmalar orqali davlat soliq inspeksiyasiga bormasdan, uyda to‘lashi mumkin. Shuningdek, to‘lovlar naqd pul yoki plastik kartochka orqali amalga oshiriladi. Muhimi, barchamiz uchun muhim sanalgan vaqt tejaladi.

- Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlarining mas’ul xodimlariga SAYT dasturi yuklangan 180 ta “P2-SUNMI” qurilmasi tarqatildi, – deydi Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Zayniyev. – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ishchi guruhi tomonidan qurilmadan foydalanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, ushbu qurilma soliqlarni to‘lashda fuqarolar uchun qulayliklar yaratmoqda. Bundan tashqari, ish hajmi samaradorligiga erishish imkonini ham bermoqda.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.