Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi bozorlarda “dostavka” bormi? 

Karantin vaqtida uyda qolgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda.

Ayrim fuqarolarda bozorlarda ham mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yiladimi, degan savol paydo bo‘lmoqda.

Ushbu savolga Samarqand viloyati bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi raisi Tohir Mamadaliyev quyidagicha javob berdi:

– Bozorda do‘kondagiday mahsulotni bir kishi sotmaydi. Kimdir kartoshka, kimdir piyoz, yana kimdir meva sotadi. Boshqa kishining tanlovi esa xaridorga manzur kelmasligi mumkin. Shu bois, hozircha bozorlarimizda mahsulotni yetkazib berish (dostavka) xizmatini joriy etish rejalashtirilmagan. Ayni paytda viloyatimizdagi buyum, kiyim-kechak, qurilish materiallari, ehtiyot qismlar bozorlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Biroq barcha dehqon bozorlari ishlab turibdi. Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar shahardagi dehqon bozorlaridan, tumanlarda yashovchilar esa o‘sha hududdagi dehqon bozorlaridan xaridni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun bozorlarmizda mahsulotlar yetarli va narx-navoning asossiz oshirilishi qat’iy nazoratga olingan.