Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi “Do‘stlik” oromgohida karantinda saqlangan 292 nafar fuqaro o‘z oilasiga qaytmoqda

Ayni vaqtda fuqarolarni uyiga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Samarqand tumanidagi “Do‘stlik” oromgohida 14 kunlik karantindan so‘ng ular tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi, maxsus apparatlar orqali laborator va boshqa diagnostik tahlillar olindi. Tekshiruv va tahlillar natijalariga ko‘ra, ularning birortasida kasallik alomatlari topilmadi.

Ushbu fuqarolar endi uy sharoitida yana ma’lum muddat oila shifokori va potranaj hamshiralar nazoratida tibbiy kuzatuvda bo‘ladi.