Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi savdo markazida xotini va jazmanini pichoqlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda mudhish jinoyat sodir etildi. Qotillik 20 noyabr kuni soat 18.00 da Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi savdo majmualaridan birida yuz bergan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qirq yoshli erkak xotini va uning jazmaniga pichoq bilan hujum qilib, ularga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Ular ko‘p qon yo‘qotishi natijasida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Past Darg‘om tumanida istiqomat qiluvchi (1978 tug‘ilgan, tadbirkor) turmush o‘rtog‘ini “sevgilisi”  bilan do‘kongacha kuzatib bordi.

Holat yuzasidan 2020 yil 20 noyabr kuni Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi "a, g" bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi M.A. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ushbu jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.