Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDChTI talabasi rashk tufayli turmush o‘rtog‘i tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan

2020 yil 25 fevral kuni Narpay tumanida yashovchi D.O‘. Samarqand shahar, Ruhobod bog‘i hududida Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi turmush o‘rtog‘i U.O‘. bilan oilaviy kelishmovchilik tufayli o‘zaro janjallashib, uning “men siz bilan yashamayman, ajrashaman, boshqa yigitni sevaman”, degan so‘zlaridan g‘azablanib, rashk tufayli yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan U.O‘.ning chap ko‘krak qismiga bir marotaba qasddan urganligi oqibatida u hodisa joyida vafot etgan.

Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, RSTEIAM Samarqand filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma’lumotnomaga ko‘ra, marhuma U.O‘.ning o‘limi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishi va yurak jarohatidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruh tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lari bilan ifloslangan pichoq va janjal vaqtida ularni egnida bo‘lgan kiyimlar hamda boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2020 yil 26 fevralda D.O‘.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gumonlanuvchi D.O‘. JPKning 227-moddasi tartibida ushlanib, himoya huquqi bilan ta’minlangan holda yaqin qarindoshlariga xabar berilgan.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.