Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Sarmarqand-G‘uzor” avtomobil yo‘lida oraliq masofani saqlamaslik YTHga sabab bo‘ldi

Joriy yilning 29 may kuni soat 18:00 larda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani A-378 “Sarmarqand-G‘uzor” avtomobil yo‘lining 125-kilometrida haydovchi - 1968 yilda tug‘ilgan A.X. (erkak) “Damas” rusumli transport vositasini boshqarayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi - 1963 yilda tug‘ilgan P.X. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli transport vositasining keskin tezligini kamaytirishi oqibatida ushbu avtomobil bilan oraliq masofani saqlay olmay, orqa tomonidan urib, YTH sodir qilgan.

Oqibatda “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi A.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.