Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Senat Trampga qarshi impichmentni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi

AQSh Senati sobiq prezident Donald Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqishni 9 fevralga qoldirdi. Ushbu qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Respublikachilar va demokratlar jarayonning partiyalarga o‘z dalillarini tayyorlash va yozma ravishda taqdim etish uchun ikki hafta vaqt beruvchi tegishli jadvaliga kelishib olishdi.

Shuningdek, Senat Donald Trampga impichment jarayonini konstitutsiyaga zid deb tan olinishini rad etdi. Ovoz berish natijalari shundan dalolat beradi.

Jarayonga bunday ta’rif berishni senator Rend Pol so‘radi. Uning fikrini rad etib 55 senator ovoz berdi, 45 nafari qo‘llashdi.

Kongressning yuqori palatasi impichmentni o‘tgan sana bilan - davlat rahbari hukumatni tark etgandan keyin ko‘rib chiqmoqda. Bunday jarayonning konstitutsiyaga muvofiqligi masalasida asosiy qonun bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida yakdillik yo‘q va sudlar bunday ish bilan hech qachon shug‘ullanmagan. Shuning uchun jarayon bilan senatorlar shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 6 yanvar kuni AQShning Kapitoliysidagi ommaviy tartibsizliklarga sabab bo‘lgan isyon qo‘zg‘aganlikda ayblanmoqda.