Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sessiyada viloyat SSB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga noloyiq deb topildi

Bugun o‘tkazilgan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n yettinchi sessiyasida viloyatda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli muhokama qilindi.

Ushbu masalada so‘zga chiqqan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sayfiddin Mo‘minovning hisoboti deputatlarni qoniqtirmadi.
Xususan, u tizim rahbari sifatida qaysi eng og‘ir hududga borib ahvolni tahlil qilgani, zarur amaliy yordam ko‘rsatgani to‘g‘risida aniq misol aytib berolmadi. Shuningdek, hisobot bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlar yo‘q.

Sessiyaga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rmagani, lavozim majburiyatlariga sovuqqon munosabati uchun S.Mo‘minovni egallab turgan lavozimidan ozod qilish taklifi berildi.

Navbatdagi sessiyada viloyatda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to‘g‘risida sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D.Jumaniyozovning hisobotini eshitish belgilandi.