Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shahar DSIda 3 ta bank filiali kassasi faoliyat ko‘rsatadi

31 oktyabr kuni Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ahmedov hamda boshqarma bo‘lim boshliqlari, mutaxassislari ishtirokida aholi bilan o‘tkazilgan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida muallifi va manzili ko‘rsatilmagan Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga borsangiz kiraverishdagi kassa ishlamaydi, ichkaridagi 3 ta kassa doimiy ishlaydi, bunga sabab nima? Degan savol kelib tushgan.

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi binosida soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish va fuqarolardan to‘lovlarni qabul qilish maqsadida   "Ipoteka bank " ATIB viloyat filiali, "Mikrokreditbank" ATB viloyat filiali va "Turonbank" AT viloyat filiallarining maxsus kassalari tashkil etilgan. Ushbu kassalar dushanba-juma kunlari soat 9:00 dadan 18: 00 gacha doimiy ravishda to‘lovlar qabul qiladi.

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi.