Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sobiq hokim o‘rinbosari o‘z uyida osilgan holda topildi

Farg‘onada Marg‘ilon shahar hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlagan fuqaro o‘z uyidan osilgan holda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismidan 30 noyabr kuni soat 11:00 larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1984 yilda tug‘ilgan T.E. yashash xonadoni yerto‘lasida kabeldan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi osib vafot etgan.

Hozirda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, T.E. Marg‘ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha 1-o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2019 yil 2 aprel kuni o‘z xohishiga ko‘ra, egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.