Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tadbirkor bo‘lish uchun ham ko‘p kitob o‘qish kerak

Samarqand shahridagi Cho‘ponota mahallasida joylashgan harbiy qismda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” tadbirlari doirasida “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda yosh ishbilarmonlar tomonidan askarlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar xususida ma’lumotlar berildi.
- Toshkent viloyatidan kelib shu harbiy qismda yigitlik burchimni o‘tayapman, - deydi oddiy askar Dilmurod Dilshodov. - O‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlik va biznes bo‘yicha o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javoblar oldik. Bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Shuni xulosa qildimki, bilimsiz bo‘lib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan inson muvaffaqiyatga erisholmas ekan. Bu kabi tadbirlarda ko‘proq ishtirok etish, mutaxassislar tomonidan tavsiya qilingan kitoblarni o‘qish maqsadga muvofiqligini angladim.