Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tadbirkorlarning 3,9 milliard so‘m ijtimoiy soliq summasi kamaytirildi

Bu haqda koronavirus pandenimiyasining iqtisodiy tarmoqlarga salbiy ta’sirini yumshatish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, berilgan soliq imtiyozlari yuzasidan 4 iyun kuni viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari F.Ahmedjonov ishtirokida o‘tkazilgan onlayn brifingda aytildi.

Prezidentimizning 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2020 yil 1 aprelidan 1 oktyabrigacha yakka tartibdagi tadbirkorlarning ijtimoiy soliqdan oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdori 50 foizga kamaytirilishi belgilandi.

Joriy yilning aprel va may oylarida mazkur imtiyoz viloyatimizdagi 17 ming 653 nafar yakka tartibdagi tadbirkorga qo‘llanildi. Ularga hisoblanishi lozim bo‘lgan 3,9 milliard so‘m ijtimoiy soliq summasi kamaytirildi.