Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Talabalarga kontrakt pulini 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni berilmoqda

Farmonga muvofiq:

- 2020 yil oxiriga qadar 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy etiladi, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 60 foizga yetkaziladi;

- 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab alohida umumta’lim muassasalarida bolalarni maktab fanlariga elektron o‘qitish bo‘yicha axborot tizimlari qog‘oz hujjatlarni bekor qilgan holda tajriba tariqasida joriy etiladi;

- 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

• maktab o‘qituvchilarining yuklamasi maqbullashtiriladi, OTMlarda asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 baravarga qisqartiriladi;

• O‘zbekiston OTMlariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kvota bosqichma-bosqich 2 baravarga oshiriladi;

• respublika OTMlari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida 4 marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi;

- 2020 yilda kamida 5 ta OTM konkurs asosida tanlab olinib, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilinadi;

- 2020 yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtiriladi.