Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tomorqasida poliz yetishtirayotgan paxtachilik ayol o‘zini o‘zi band qilish guvohnomasini oldi

Zilola Jiyanova Paxtachi tumanining Mirzo Ulug‘bek mahallasida istiqomat qiladi. Bugungi kunda tomorqada poliz mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Fuqaro kelajakda pensiya olishni maqsad qilgan. Shu sababdan o‘zini o‘zi band qilish guvohnomasini olib, mehnat stajiga ega bo‘ldi. Bu haqda Mehnat vazirligining telegram kanalida axborot berildi.

- Aholi bandligiga ko‘mashlashish markazlari tomonidan olib borilgan targ‘ibotlardan so‘ng mazkur guvohnomani olishga qaror qildim, - deydi Zilola Jiyanova. – Bu menga uy sharoitida daromad qilish imkoniyatini yaratish bilan birga, mehnat stajiga ega bo‘lish qulayligini ham yaratadi.