Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

To‘qqiz nafar urgutlik taekvandochilar xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

Joriy yilning 30 noyabr - 1 dekabr kunlari Toshkentda taekvan-do ITF bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda urgutlik 9 nafar sportchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, M.Abdusamadov, A.Ruziqulov, X.Najmiyev, O.Umarov, B.Ruziqulov, A.Davronov, M.Mardonov, A.Najmiyev, A.Mamasharipovlar o‘z vazn toifalarida Rossiya, Hindiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belgiya, Yaponiyadan kelgan tengdoshlaridan ustun kelishdi.