Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent shahri mahallari uchun ko‘chma “bozor”lar tashkil etildi

Karantin davrida Toshkent shahridagi tuman hokimliklari tomonidan poytaxtimizdagi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan mahallalar uchun ko‘chma yarmarkalar tashkil etilmoqda, deb xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.

Mazkur tadbir Mirobod tumanida 28 mart kunidan boshlangan bo‘lib, har kuni 3 tadan mahallaga 350-400 kilogramm kartoshka, 100 kilogramm atrofida guruch, 5-6 karobka pista yog‘i, 360-400 dona tuxum hamda 150-200 kilogramm piyoz mahsulotlari olib borib sotilmoqda.

Bugun oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan mashinalar Mirobod tumanining “Movaraunnahr”, “Yuksalish” va “Sariko‘l” mahallalariga yetib bordi va savdo jarayoni ketmoqda.

Mirobod tumanida jami 39 ta mahalla bo‘lib, shundan 32 tasi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan. Tadbir davomida mazkur 32 ta mahallaga ro‘zg‘or uchun zarur mahsulotlar yetkazib beriladi.

Bu aholiga uyidan uzoqqa bormay, o‘zi va yaqinlarining xavfsizligini ta’minlagan holda zarur xaridni amalga oshirishni ta’minlaydi.