Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

To‘yda puldan “gulchambar” taqqan ayol asli qayerlik? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi to‘ylarning birida to‘y sohibasiga puldan ko‘ylak kiydirishgani haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holatni viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova hamda Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova o‘rgandi va unga izoh berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 16 sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Javohir” restoranida o‘tkazilgan mazkur to‘y egalari Jomboy tumanidan bo‘lib, ular lo‘li millatiga mansub va ayni paytda, Toshkent shahrida istiqomat qiladi.

To‘y egalarining esa bunday holatga javobi quyidagicha: “Bu yillar davom etib kelayotgan an’anamiz. U bizning millat uchun odat, orzu-havas. Qolaversa, qarindosh-urug‘lar to‘y sohibasiga shu tartibda to‘yona qilishadi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek, puldan ko‘ylak tikilmagan.” 

Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan, milliy valyutamizga hurmatsizlik munosabatida bo‘lgan to‘y egalariga tushuntirishlar berildi va bu kabi eski odatlardan voz kechishga chaqirildi.