Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tunnel qurish ishlari boshlangani bois Samarqand shahridagi ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘xtatildi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2022 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari chorrahasida tramvay va transport vositalari uchun tunnel qurish ishlari boshlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan shahar hokimi  B.Obloqulov farmoyish qabul qildi.

Unga ko‘ra, Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida bugun, 7 sentyabrdan boshlab (qurilish ishlari tugatilgunga qadar) transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi:

- Rudakiy ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan qismidan, Rudakiy-Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasigacha;

- Bo‘stonsaroy-Rudakiy ko‘chalari chorrahasidan, Rudakiy-Dahbed ko‘chalari chorrahasigacha;

- Bo‘stonsaroy-Rudakiy ko‘chalari chorrahasidan, Rudakiy-Chuquryo‘l ko‘chalari tutashmasigacha;

- Rudakiy-Chuquryo‘l ko‘chalari tutashmasidan, Bo‘stonsaroy-Rudakiy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismigacha.