Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiya koronavirusga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Hojettepa universiteti tibbiyot fakulteti professori Atesh Kara Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina jonivorlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi.

«Yaxshi yangilik. Jonivorlarga leykoplastirda mikroigna yordamida yuborilgan koronavirusga qarshi vaksina antitanacha ishlab chiqarish ko‘rinishida immun javob berdi. Endi odamlarni himoya qila olishini tekshirib ko‘rish vaqti keldi», deb yozadi Kara «Twitter» sahifasida.

Keyingi bosqichda olimlar uni odamlarda sinab ko‘rishni rejalashtirishmoqda.