Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turmush o‘rtog‘ining ma’shuqasini "samosud" qilgan ayol so‘roq qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda: “Xorazm viloyati Gurlan tumanida “samosud” nomi ostida tarqalgan videoyozuv bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00 larda 26 yoshli I.O., o‘zining tanishi 20 yoshli Yu.T.(ayol) bilan uchrashgan vaqtida, ushbu holatni I.O.ning turmush o‘rtog‘i 24 yoshli M.S.(ayol)ning dugonalari ko‘rib qolib, telefon orqali bu haqda M.S. ga xabar berib, uni chaqirishgan hamda fuqaro Yu.T.(ayol)ni ushlab olib, turli xil uyatli so‘zlar bilan xaqorat qilib janjal qilishgan va M.S.(ayol) fuqaro Yu.T.(ayol)ni tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.

Ushbu janjal vaqtida M.S.ning dugonalaridan biri o‘zining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinchalik mazkur videolavhani “telegram” messenjeri orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.