Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ukraina Rossiyadan Qrimni qaytarib olish rejasini ishlab chiqdi

Ukraina tashqi ishlar vazirligi (TIV) Qrimni qaytarib olish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba “RBK-Ukraina” agentligiga ma’lum qildi.

Reja TIV siyosiy direktorat ekpertlari tomonidan Kuleba topshirig‘iga binoan ishlab chiqildi. Vazir taqdim etilgan rejani strategik ahamiyatga ega hujjat, deya atadi.

“Bu sanksiyalar bosimini nazorat qilish, qayerda imkoni bo‘lsa, o‘sha yerda sanksiya choralarini kuchaytirish va davlat jamoatchilik institutlarini, o‘sha vaqt yaqinlashganda, Qrimni qaytarib olishga tayyorlash. O‘sha vaqt, albatta keladi. Ehtimol biz kutganimizdan ham oldinroq kelishi mumkin”, dedi Kuleba.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda u hujjatni o‘rganib chiqmoqda. Undan so‘ng hujjat tashqi eksportlar, boshqa hukumat idoralari va keng jamoatchilik bilan muhokama qilinadi. Kuleba bu jarayonlarni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt sarflanishini ta’kidladi.