Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutlik kollej o‘quvchisi o‘g‘irlik sodir etdi

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 3-IIBga Samarqand shahar, Do‘stlik ko‘chasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Sh. ariza bilan murojaat qilib, viloyat “Barkamol avlod” maktabi yonidagi maydonda noma’lum fuqaro tomonidan o‘g‘li 2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan F.A.ga tegishli bo‘lgan “Iphone-6” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan va noma’lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor ishlar natijasida mazkur jinoyatni Urgut tumani Qumzor ko‘chasida yashovchi, Urgut tumani hunarmandchilik kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi, 2001 yilda tug‘ilgan S.Sh. sodir qilganligi aniqlanib, undan “Iphone-6” rusumli telefon apparati holislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.