Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutliklar uchun ko‘chma avtobozorlar tashkil etildi

Joriy yilning 3 iyun kunidan boshlab viloyat 3-sektoriga qarashli Urgut tumani mahallalariga 50 turdagi arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotadigan ko‘chma yuk avtomobillari xizmat qilishni boshladi.

Tumandagi 102 ta mahallaga xizmat ko‘rsatayotgan avtobozorlarda 50 turdagi oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha turlari, shuningdek, ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan gigiyenik vositalar ham sotuvga qo‘yilgan.

Tumanning barcha hududlarini qamrab olgan ushbu ko‘chma avtomashinalarning har biri bir kunda 10 tadan mahallaga xizmat ko‘rsatmoqda.