Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urush qahramonlari haqida yangi sayt yaratildi

«O‘zarxiv» agentligi Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan Xotira.archive.uz saytini ishga tushirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur veb-sayt Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75 yilligi oldidan fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqi qo‘shgan munosib hissaga bag‘ishlab yaratilgan.

Ushbu veb-saytni davlat arxivlariga kelib tushayotgan arxiv hujjatlari bilan doimiy boyitib, takomillashtirib borish rejalashtirilgan.

Ayni paytda saytda agentlikning arxividan olingan «Urush qahramonlari» haqidagi ma’lumotlar, «Foto-galereya» hamda «Hujjatlar» qismida Ikkinchi jahon urushidan askarlarning maktublari, shu davrdagi gazeta parchalari va bir qator muhim hujjatlar mavjud.

Saytning «Xalq xotirasi» qismi Rossiyaning Pamyat-naroda.ru veb-saytiga yo‘naladi. Unda har bir kishi urushda ishtirok etgan ajdodlarining (ota-ona, buva-buvi) ismi-sharifini kiritib, ularning jangovar hayot yo‘li (qachon urushga yuborilgan, qaysi front chizig‘ida xizmat qilgani, mukofotlari) haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.