Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uzbekistan Airways sotib olingan chiptalarni qaytarish masalasida murojaat bilan chiqdi

Murojaatda hozirda bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan aviachiptalarni qaytarish va qayta bronlash masalasida aviakompaniyaga ko‘plab arizalar kelib tushayotgani aytilgan. Aviakompaniya bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan aviachiptalarni qaytarish va pul mablag‘larini to‘lash murojaatlar kelib tushishi bilan navbat tartibida amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Chiptalarni qaytarish yoki ularni cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng amalga oshiriladigan aviakompaniyaning qatnovlariga qayta bronlash jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, aviakompaniya yo‘lovchilarga aviachipta bir yil davomida amal qilishiga e’tibor qaratishini so‘ramoqda.