Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyda yana bir turdagi virus paydo bo‘ldi. Bir kishi vafot etdi

Xitoyda xantavirusdan birinchi o‘lim sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik.

Xabarda aytilishicha, Xitoyning Yunnan viloyatida yashovchi fuqaro avtobusda qo‘shni viloyatga borayotganda to‘satdan vafot etgan. Uning to‘satdan o‘limidan so‘ng shifokorlar tezda tashxis qo‘yishdi – xantavirus sindromi. Ushbu kasallik xantavirus deb nomlanadigan virus tufayli yuzaga keladi.

Avtobusdagi qolgan 32 kishi zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Ular orasida yuqtirganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Xantavirus odamlarga kemiruvchilardan yuqishi mumkin. Virus kemiruvchilar tomonidan tashilib, ularning peshobida qoladi va havo orqali tarqaladi.

Odamdan odamga o‘tish bu virusga xos emas. Faqat Argentina va Chilida holatlar qayd etilgan. Shuningdek, hasharotlar, ko‘rshapalaklar tishlashi oqibatida yuqtirish holatlari qayd etilgan.

Ko‘pincha issiq va quruq mavsumlarda, o‘rmonga sayr qilish uchun borganda yuqtirish holatlari qayd etilgan.

Xantavirusning belgilari – bosh og‘rig‘i, zaiflik, yo‘tal, buyrak va ovqat hazm qilish muammolaridir.