Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoydan internet orqali narsa buyurtma qilsak, yetib keladimi?

Bugun AOKA shtabida Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

➖ Xitoyda ishlar qayta tiklangani sababli biz internet orqali narsa buyurtma qilsak, yetib keladimi? Bojxonadan o‘tkazishadimi?

➖Jahon miqyosida tarqalish geografiyasi tobora kengayib borayotgan koronavirus infeksiyasining respublikamizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 1 fevraldan boshlab, Xitoy Xalq Respublikasidan kirib keluvchi barcha turdagi pochta va kurerlik jo‘natmalarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Biroq 2020 yil 27 fevraldan boshlab Xitoy Xalq Respublikasidan faqatgina "O‘zbekiston pochtasi" AJ orqali kirib kelayotgan jo‘natmalarni qabul qilishga ruxsat etilgan.