Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyning uch ming askari g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda bugungacha hech kim bilmaydi

1937 yilda Xitoy va Yaponiya olti oy davomida shiddatli urush olib bordi.

Yapon harbiylari tarixdagi eng shavqatsiz qirg‘inlardan biri bo‘lgan “Nankindagi dushmanni butunlay qirib tashlash”, deb nomlangan operatsiyani boshlash arafasida edi. Ammo bu dahshatli onlardan oldin, insoniyat tarixidagi eng g‘alati hodisa - askarlarning g‘oyib bo‘lishi sodir bo‘ldi.

Nankinning janubida Xitoy askarlari polkovnigi Li Fu Siyen bostirib kelayotgan yapon kuchlariga qarshilik ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Shu maqsadda uch ming askardan iborat harbiy qismni qabul qilib oldi. Ko‘p sonli artilleriya qurollari bilan ta’minlangan askarlarning asosiy vazifasi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘prikni himoya qilishdan iborat bo‘lib, ular 3,2 kilometrlik chiziqda joylashtirildi.

Polkovnik jangovar tarkibni tekshirdi, ko‘rsatmalar berib, bo‘lajak hujumni nazorat qilish maqsadida o‘z shtabiga qaytdi.

Tongda polkovnikni bir askar ko‘prikni himoya qilishi kerak bo‘lgan qo‘shinlar bilan aloqa o‘rnatishning iloji bo‘lmayotganligi to‘g‘risidagi xabar bilan uyg‘otdi. Darhol razvedka guruhi tuzildi. Voqea joyiga yetib borgan razvedkachilar hayron bo‘lishdi – garchi, qurol-aslahalar joyida bo‘lsa ham birorta askar yo‘q edi.

3000 odam izsiz g‘oyib bo‘ldi. U yerda urush yoki biron bir jangning alomatlari yo‘q edi. Ko‘prik soqchilari esa tun davomida minglab askar tugul, bu yerdan mutlaqo hech kim o‘tmaganligini ta’kidlashdi.

Shu-shu yo‘qolgan askarlar topilmadi.

Urush tugagach, yapon harbiy hujjatlarini o‘rganish paytida xitoylik askarlarning sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan izlari aniqlana boshlandi. Lekin bu voqea to‘g‘risida hech qanday tafsilot berilmagan.

Qanday qilib 3000 kishi, yana ular oddiy odamlar emas, balki o‘rgatilgan askarlar bir vaqtning o‘zida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin? Qochoqlikmi, o‘z-o‘zini yashirish yoki ularni o‘zga sayyoraliklar o‘g‘irlab ketdimi? Tarix bu haqda sir saqlamoqda.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.