Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan 3,5 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzdorligi undirildi

Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan undiruvchi Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 milliard 792 million 456 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Zirabuloq” paxta zavodining bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi oldidagi mavjud qarzdorligi to‘liq undirildi.

Ikrom HAYDAROV,
Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi davlat ijrochisi.