Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

0,50 nimani bildiradi, u qanday hisoblanadi?

Zarnews.uz da ko‘chmas mulkka qo‘llaniladigan soliq koeffitsiyentlar ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, Qo‘shrabot, Paxtachi va Nurobod (0,50) tumanlarida eng past miqdor belgilanishi kutilmoqda, deyildi.
Ayting-chi, 0,50 nimani bildiradi, u qanday hisoblanadi?

O‘rol Xo‘jayev,
Nurobod tumani.

***

Savolga viloyat davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Valisher Temirov javob berdi:

- Soliq kodeksining 412-moddasiga asosan, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadida Soliq kodeksi 411-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan ob’yektlarga nisbatan soliq bazasi 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi belgilab berilgan.

Bu Toshkent shahri uchun 2 million 500 ming so‘m, Nukus shahrida va viloyat markazlari uchun 1 million 500 ming so‘m, boshqa shaharlarda va qishloq joylar uchun 1 million so‘m etib belgilangan.

🔹Shuningdek, mazkur moddaga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan aniqlashtirilgan, ya’ni 0,50 hamda 0,75 koeffitsiyentlar qo‘llanilgan holda aniq soliq stavkalari belgilab berilgan. Masalan, joriy yil uchun ushbu miqdor Qo‘shrabot tumani uchun 0,50 koeffitsiyent qo‘llanilib, 500 ming so‘mni tashkil etadi yoki Samarqand tumani uchun 0,75 koeffitsiyent belgilanib, 750 ming so‘mni tashkil qiladi.