Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

1 600 dollarga giyohvandlik moddasi sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida Samarqand shahrida fuqaro M.O. tomonidan “shartli xaridor”ga vazni 8 gramm “geroin” sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.