Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

1 iyun kuni Nurobod tumanida yangi nimstansiya ishga tushiriladi

Nurobot tumanidagi “Urgut-2”- “Sazagan” EIZ maskanida elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida 86 dona temir beton ustunlari o‘rnatilib, 110/10 kVtli nimstansiya qurilishi hamda havoli tarmoq tortish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Bu haqda viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Mazkur ob’yekt joriy yilning 1 iyun kuni foydalanishga topshiriladi.

Ushbu nimstansiyani foydalanishga topshirilishi, hududdagi faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga uzluksiz 16000 kVt elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.