Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

11 yildan buyon bahsli masala Ishtixon tuman hokimining shaxsan aralashuvi bilan hal etildi (video)

Ishtixon tumanidagi Qo‘ng‘irot MFY, To‘qmoq qishlog‘ida yashovchi Oydiniso Shirinovaning uy-joy masalasidagi murojaati tuman hokimligining aralashuvi bilan yechim topdi.

G‘ani Shirinov hayot kechirgan hovlida ikki o‘g‘il Razzoq Shirinov va Odil Shirinovlar oila a’zolari bilan yashab keladi. Otasi olamdan o‘tgach, o‘rtada nizo boshlandi. Kelin Oydiniso Shirinova “Qaynotamdan qolgan hovli meniki, yillar davomida soliq to‘lab kelyapman” deb da’vo qildi.

Ko‘p yillardan buyon yechimi topilmayotgan bu masala mas’ullar tomonidan joyiga borib o‘rganildi. Tuman hokimi, tuman hokimining sohaga mas’ul o‘rinbosarlari, Samarqand viloyat Ishtixon tumani yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat unitar korxonasi tuman bo‘limi vakillari sud tomonidan muqaddam chiqarilgan hukm va mahalla faollarining izohlariga asosan talash bo‘lgan uy-joy har ikki tomon o‘rtasida teng taqsimlanadigan bo‘ldi.

Qolaversa, hayotning qog‘ozlarda ta’kidlanmagan odamiylik qonunlarini ham unutmaslik kerak. Aka-uka meros talashishini hech kim oqlamaydi. Har ikki tomon murosaga keltirildi, masala joyida ijobiy yechim topdi.

Gulchehra Usmonova.

Olim Qo‘chqorov.