Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

1265 ta umumta’lim muassasalarida dezinfeksiya ishlari olib borildi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda o‘quvchi va o‘qituvchilarning sog‘ligini himoya qilish maqsadida uzaytirilgan ta’til kunlari e’lon qilindi.

Ayni paytda barcha umumta’lim muassasalarida tozalik va dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat, tuman va shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, viloyat dezinfeksiya stansiyasi bilan hamkorlikda 1265 ta umumta’lim muassasalari, jumladan, 1237 ta umumta’lim maktablari, 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, 9 ta maxsus maktab-internatlarda hamda 2 ta Mehribonlik uylarida dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining xavfsizligini ta’minlash, salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.