Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 5 noyabr, №139) sonida o‘qing

Hisobotlarda «Hammasi zo‘r» deyilgan maktablarning 81 tasi qishga tayyor emas. Urgut, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlaridagi bir qator maktablarda hamon isitish tizimi yo‘q, borlari ham nosoz, yuzlab maktablardagi hojatxonalar ishlatishga yaroqsiz. Viloyatdagi elektr ustunlarning 61 foizi hamon yog‘ochdan bo‘lib, ular allaqachon o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan.

***

Viloyatimiz paxta xirmoni 155,9 ming tonnadan oshdi, ya’ni davlatga paxta sotish shartnoma rejasining 76 foiziga teng xomashyo terib olindi. Hozirgacha Nurobod tumani paxtakorlari davlatga paxta sotish rejasining 97,5 foizini, Ishtixon tumani 87 foizi va Narpay tumani dehqonlari shartnomadagi hosilning 85 foizini terib oldi.

***

Endi hisoblagich 8 yilda bir bor qiyoslashdan o‘tkaziladi.

***

- Hali yangisiz, bankimizga kredit so‘rab kelgan mijozdan pul so‘rab qo‘ymang tag‘in. Ogohlantirib qo‘yish mening burchim: “podvadit” qilmang, deyman-da.
“Sizga kredit beriladi-yu, faqat yana ozgina muddat kutasiz, iloj qancha”, desangiz, farosatli, dangal tadbirkor maqsadga ko‘chadi-qo‘yadi. Kutib yurgandan ko‘ra, naqdi bilan ishni bitkazadiganlar oz emas. Ular xarajatsiz harakat nolga tengligini-da yaxshi biladi...