Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

14 iyun - Xalqaro donorlar kuni: “Oltin qo‘lli odam” oxirgi marta qon topshirdi

Avstraliyalik Jeyms Xarrison 1173 marta qon donoriga aylandi. U ikki milliondan ortiq bolani qutqargan.

Jeyms Xarrison 13 yoshda bo‘lganida og‘ir jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi, ushbu amaliyot davomida u ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etishi mumkin edi. O‘z vaqtida quyilgan qon tufayli u tirik qoldi.

Operatsiya davomida unga hammasi bo‘lib 13 litr donorlik qoni quyildi va hayoti saqlab qolindi.

18 yoshga to‘lishi va qon topshirish uchun zarur bo‘lgan yoshga yetishi bilanoq, u darhol Qizil Xoch qon topshirish markaziga bordi. Aynan o‘sha yerda Jeyms Xarisonning qoni o‘ziga xos tarzda noyob ekanligi aniqlandi, plazmasida maxsus antitanalar mavjudligi natijasida homilador ayol va uning homilasi o‘rtasida uchraydigan rezus-mojaro oldini olish mumkin edi.

Ushbu rezus-mojaro bolaning kamida kamqonlik va sariq kasalligi bilan, ba’zi hollarda esa o‘lik tug‘ilishiga olib keladi.

Jeymsning qonida nima topilganligi tushuntirilganda, u shifokorlarga faqat bitta savol bilan murojaat qildi, ya’ni u qanchalik tez-tez qon topshira olishi mumkinligini so‘radi. 

O‘shandan beri, 60 yil davomida Jeyms Xarrison har uch haftada o‘z uyi yaqinidagi tibbiy markazga borib, roppa-rosa 400 millilitr qon topshirib keldi. Hozirga qadar u 377 litr qon topshirganini hisoblash qiyin bo‘lmasa kerak. Yaqinda u 1173-marta qon topshirdi.

Jeymsning qonidan ajralib chiqadigan antitanalar dunyo bo‘ylab deyarli millionlab homilador ayolning, shu jumladan o‘z rafiqasining ham rezus-mojarosini bartaraf qildi.

Ikki milliondan ortiq ayol va shuncha (agar ko‘p bo‘lmasa) chaqaloq, xususan, Xarrisonning qizi bu Avstraliyalik marhamatli qariya tufayli tirik va sog‘lom qoldi.

Aynan Xarrisonning qoni asosida D-ga qarshi antitanalar ishlab chiqiladi. Erkakning hayoti bir million Avstraliya dollariga sug‘urta qilingan.

Jeyms endi uning sog‘lig‘idan xavotirda bo‘lgan shifokorlarning maslahati bilan donor bo‘la olmaydi. 2018 yilning may oyida u 81 yoshga to‘ldi. Bu Avstraliya qonunchiligiga ko‘ra qon donori uchun maksimal yosh hisoblanadi. “Men ko‘p odamlarning hayotini saqlab qoldim, bu dunyoga ko‘plab bolalarni yashab ketishiga o‘z hissamni qo‘shdim va bu menga yaxshi his-tuyg‘ularni bag‘ishlaydi”, dedi u o‘z intervyusida. Unga ko‘ra, agar ruxsat berilsa, u yana ham ko‘proq qon topshirishni davom ettirgan bo‘lardi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.