Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

15-16 sentyabr kunlari Samarqandda ShHT sammiti o‘tkaziladi

Bugun, 16 may kuni Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda sammit masalalarini ko‘rib chiqdi. Unda:

- O‘zbekistonning ShHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish;

- joriy yilning may-sentyabr oylariga mo‘ljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlar;

- 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish;

- ShHT faoliyatini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish;

Sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonini tezlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.