Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

15 nafar kollej o‘quvchisining zamonaviy ixtirosi ko‘pchilikni hayratga soldi

Samarqand pedagogika kollejida «Assalom, Navro‘zi olam!», deb nomlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Samarqand viloyatidagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta nominatsiya -  xizmatlar sohasi, ishlab chiqarish va texnik soha, qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy soha, iqtisod va huquq sohalari bo‘yicha tashkil etilgan “Mohir qo‘llar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Mazkur tanlovda 152 ta kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining 164 turdagi zamonaviy ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, o‘ziga xos ijodiy ishlari «Eng sara zamonaviy ishlanma», deb topilgan 15 nafar o‘quvchi tanlov yakunida Samarqand viloyat kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.