Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

17 yoshli yigit boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida 3 avtomashina va yo‘lovchiga shikast yetkazdi

Kecha, 14 sentyabr kuni soat 12:30 larda 2004 yilda tug‘ilgan S.M. “Cobalt” rusumli avtomashinani Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Gagarin-AmirTemur ko‘chasi tomonga boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida to‘xtab turgan “Nexia”, “Nexia-2” hamda “Matiz” rusumli avtomashinalarga urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

YTH jarayonida avtomashinalar oralig‘ida turgan I.S. tan jarohati olib, RShTYoIMSFga murojaat qilgan.

Hodisada bir nechta avtomashinalarga moddiy zarar yetkazilgan.

Viloyat IIB YHXB xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.