Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “Isuzu” avtobusi ag‘darilib ketdi

Bugun, 2 fevral kuni soat taxminan 12:00 larda Bekobod shahrida “Isuzu” avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishiicha, shaharning Me’mor ko‘chasida joylashgan aylanma harakatlanish joyida sodir bo‘lgan avtohalokatga avtotransport vositasining texnik nosozligi, aniqrog‘i, avtobus old balonining tormozlanib qolishi sabab bo‘lgan. Natijada “Bekobod shahar ATS” MChJga tegishli davlat raqami 10 349 RAA bo‘lgan avtobus o‘ng tomonga yonboshlab qolgan.

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan paytda avtobus ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan 2 nafari tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga yuborilgan.

Avtobus Bekobod shahar markaziy bozoridan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi GES tomonga harakatlanishda bo‘lgan.

Avtobus haydovchisi harakatlanish vaqtida hushyor holatda bo‘lgani aniqlangan.