Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 26 oktyabr, №135) sonida o‘qing

Joriy yilda “Obod qishloq” dasturi asosida viloyatimizdagi 42 qishloqda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlar olib borilmoqda. Yilning asosiy qismi ortda qoldi. Xo‘sh, o‘tgan vaqt davomida dastur ijrosi qay darajada bajarildi?

***

Qishloqlar aholisi qayerda, qanday madaniy hordiq chiqarmoqda? Bu masala viloyatimizning ayrim hududlarida e’tibordan chetda qolmayaptimi? Jomboyliklarga istirohat bog‘i kerak emasmi? Oqdaryoliklarga-chi?  “Komissiya”dan bezigan direktor kim? Shu kabi savollarga javob olishni istasangiz «Qishloq aholisi qayerda madaniy dam oladi?» maqolasini o‘qing.

***

To‘ylarni ixcham, kamchiqim, isrofgarchiliksiz o‘tkazish haqida ko‘p gapirilayotganiga qaramay ijobiy tomonga o‘zgarish sezilmayapti. Nega?

***

Usmon Azim - ijodida ruhning erkinligi va latifligi miqyosi kengligini uqtira olgan shoir.

***

…Afsuski, Mehrinigor otasini so‘rab shifoxonaga kelmadi. Otaxon bu safar derazamiz oldidagi gullarini olib qo‘yolmadi - og‘ir yurak xurujidan so‘ng bandalikni bajo keltirdi. Ammo otaxon xuddi o‘lmagandek, deraza oldidagi anvoyi atirgullariga sog‘inch ila boqib, ochiq ko‘zlari farzand diydoriga mushtoq holda termulib yotardi…