Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2019 yilning 11 oyida 123 ta jinoyat ishi sayyor sud tartibida o‘tkazildi

Prezidentimizning 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida sud ishlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida, sayyor sud asosida ko‘rilmoqda. Chunki bunday sayyor sudlarning mahallalarda o‘tkazilishi oshkoralik va adolat tamoyillariga mos bo‘lib, aholini ogohlikka chorlaydi.

2017-2018 yillar va 2019 yilni 11 oyi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tumani sudi tomonidan 2017 yilda atigi 120 dan ziyod ish sayyor sud majlisida ko‘rilgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 164 taga, 2019 yilning 11 oyida 123 taga yetdi. Bundan tashqari, 2017 yilda ko‘rilgan 411 ta jinoyat ishining 133 tasiga jinoyatning oldini olish bo‘yicha xususiy ajrimlar chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 156 taga, 2019 yilning 11 oyida 145 ta yetdi.

Tuman sudi tomonidan 2017-2018 yillar va 2019 yilning 11 oyida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida 434 ta xususiy ajrim chiqarilib, 410 ta jinoyat ishlari sayyor sud majlislarida mazmunan ko‘rildi. Ushbu sayyor sud majlislari natijasida aholi bilan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, yurtimizda tinch va osuda hayotning mustahkamlanishi mavzularida suhbatlashildi.

Jahongir ARSLANOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tumani sudi raisi.