Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi

2019 yil 6 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab yurtimizda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar o‘quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Farmon bilan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga mos keluvchi dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxatlari tasdiqlandi:

- Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (Kasb-hunar maktablari) ro‘yxati;

- O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (kollejlar) ro‘yxati;

- Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan texnikumlar.