Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2021 yil Samarqand hayotida: “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi kengaytirildi

Davlatimiz rahbari 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishdi va Urgut tumanini to‘liq erkin iqtisodiy zonaga aylantirish, viloyatning barcha hududlarida ushbu iqtisodiy zonaning filiallarini tashkil etish, xolding kompaniyasi tuzish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Iqtisodiy zonada shu paytgacha 286,3 million dollarlik 60 ta loyiha amalga oshirildi. 2021 yilning o‘n bir oyida 2 trillion 20 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 57 million AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Yana 36 ta loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2021 yil 4 noyabrda imzolangan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, viloyatning 14 ta tuman (shahar)idagi 18 ta massivda 559,8 gektar va Surxondaryo viloyatining Denov tumanidan 21 gektar yer maydoni ajratib berilib, iqtisodiy zonaning umumiy yer maydoni 1842 gektarga yetdi.