Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2021 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi o‘yinlari qachon boshlanadi?

Osiyo Chempionlar ligasining navbatdagi mavsumi odatdagidan kechroq boshlanadigan bo‘ldi.

OFK klublari OChLda ishtirok etadigan mamlakat milliy futbol assotsiatsiyalariga xat yo‘llab, 2021 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi saralash va guruh bosqichi odatdagidek yanvar yoki fevral oyida emas, balki aprel oyigacha boshlanmasligini bildirgan.

OFK jamoalarning uy-safar tizimida to‘p surish imkoniyati va o‘yinlarni bitta mamlakatda o‘tkazishga qaror qildi. Bunga 2021 yilda OFK va FIFA doirasidagi rasmiy o‘yinlar ko‘pligini sabab qilib keltirgan.

Shunday qilib O‘zbekiston klublari 2021 yilda xalqaro o‘yinlarini xorijiy mamlakatlarga borib o‘tkazishiga hojat qolmaydi. Superliga va OChL bahor oyidan boshlanishini inobatga olsak, klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni nisbatan kechroq boshlashlari mumkin bo‘ladi.

Dilmurod TO‘XTAYeV tayyorladi.