2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2030 yilda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati mezbonlarini rasman tasdiqladi.

Bu musobaqa o‘zining o‘tkazilish tartibi va geografiyasi bilan futbol tarixida alohida o‘rin tutadi.
Chempionat asosan uch mamlakatda — Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa Jahon chempionatining 100 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, tarixdagi eng o‘ziga xos turnirlardan biri sifatida qayd etiladi.

Shuningdek, futbolning bir asrlik tarixini nishonlash maqsadida dastlabki uchrashuvlar Urugvay, Argentina va Paragvayda tashkil etiladi. Bu uch mamlakatning har biri bittadan ochilish o‘yiniga mezbonlik qiladi. Shu tariqa 2030 yilgi mundial ilk bor 6 ta davlat va 3 qit’ada o‘tkaziladi.
2030 yilgi chempionatda ham 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.

Asosiy o‘yinlar Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadi.